1

O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori: "Ta`lim sohasidagi korrupsiya masalasi afsuski hamon o`z dolzarbligini yo`qotmagan"

Madaniyat 06.11.2019, 12:21
O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori: "Ta`lim sohasidagi korrupsiya masalasi afsuski hamon o`z dolzarbligini yo`qotmagan"

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O`zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Baxtiyor Sayfullaev taraqqiyotimiz uchun g`ov bo`layotgan illat - korrupsiya haqida fikrlarini bildirdi...

Vatanimizning istiqlol yillarida erishayotgan yutuqlari haqida qancha gapirsak ham oz. Olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini har jabhada ko`rishimiz mumkin. Buni hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyati ham ko`rib, e`tirof etib turibdi. Shu bilan birga, afsuski, jamiyatimiz hayotida hamon uchrayotgan, taraqqiyotimiz va rivojlanish yo`limizda g`ov bo`layotgan eng asosiy muammolardan biri bu – bu korrupsiyadir. Hozirgi kunga kelib korrupsiya dunyodagi ko`plab davlatlar uchun jiddiy muammoga aylangan. U ijtimoiy hayotda qonun ustuvorligiga, jamiyat xavfsizligiga, barqaror rivojlanishga juda katta to`siqdir. Korrupsiya – qonunga xilofdir. Bizdagi eng og`riqli sohalardan biri – ta`lim sohasidagi korrupsiya masalasi afsuski hamon o`z dolzarbligini yo`qotmagan. Albatta, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan, shuningdek, vazirlik va idoralar tomonidan ushbu illatga qarshi kurashish, uni oldini olish hamda korrupsiyaning har qanday ko`rinishini qat`iy inkor qilish bo`yicha sezilarli ishlar qilindi va qilinmoqda. Korrupsiyaga qarshi murosasizlik bilan kurashish mexanizmlari ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinmoqda. Bejizga ta`lim sohasi rivoji uchun, bu sohada uchrab turayotgan korrupsiya muammosiga murosasizlik bilan kurashishga jiddiy e`tibor berilmayapti. Chunki aynan ta`lim yo`nalishi jamiyatimizning deyarli har bir sohasi uchun malakali, etuk kadrlarni tayyorlaydi. Korrupsiya bo`lsa hech qanday axloq me`yorlarini, inson hayotining moddiy va ma`naviy jihatlarini tan olmaydi. Bunday holatda ta`lim tizimi “oldi-sotdi” holatiga aylanib qolishi, yosh avlod korrupsiyani oddiy voqe`lik sifatida qabul qilib qolishi mumkin. Ya`ni, oliy o`quv yurtida olinishi kutilayotgan bilim, sa`viya, muayyan sohaning mutaxassisi bo`lish masalasi o`z ustuvorligini yo`qotadi. Bunday jamiyat va davlat malakali, bilimdon, kuch-g`ayratga to`la mutaxassislarsiz o`z taraqqiyot yo`lida oqsaydi. Hozirgi globallashuv davrida esa ushbu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, birinchi galda ta`lim sohasini ushbu illatdan batamom tozalashimiz maqsadga muvofiq bo`lib, nafaqat tozalashimiz, balki uni ildizi bilan yo`qotishga intilishimiz kerak.

Shuni ham alohida ta`kidlab o`tgan bo`lar edikki, bu borada fuqarolar ham korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo`lishlari, o`zlarining qonuniy huquqlarini bilishlari ancha samarali natijalarga olib keladi. Bir so`z bilan aytganda, jamiyatimizning har bir a`zosida huquqiy savodxonlikni oshirish zarur. O`z yurtining kelajagiga, uning ertangi taraqqiyot yo`liga, farovon va tinch hayotiga befarq bo`lmagan inson albatta, korrupsiya masalasida ham murosasiz bo`ladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1