“Qirg‘iziston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni hamda butun o‘zbekistonliklarni UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishi bilan samimiy tabriklayman”, deyiladi” — Qirg‘iziston rahbarining tabrigida.
Uning ta’kidlashicha, bu tarixiy voqea — Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki konferensiya UNESCO qargohi Parijdan tashqarida o‘tkazilayotganiga 40 yildan oshgan.
Bu esa O‘zbekistonning xalqaro nufuzining ortib borayotganidan va mintaqaning madaniy hamkorlik markaziga aylanayotganidan dalolat beradi.
“Qadimiy Samarqandda, ilm-fan va ma’rifat beshigida bunday yirik forum o‘tkazilishi ramziy ahamiyatga ega. Bu O‘zbekistonning tinchlik, o‘zaro anglashuv va yaratuvchanlik g‘oyalarini ilgari suruvchi ko‘prik sifatidagi o‘rnini yana bir bor tasdiqlaydi,” — deyiladi tabrikda.
Shuningdek, u konferensiya davomida ilgari suriladigan tashabbuslar ta’lim, fan va madaniyat sohalarida yangi hamkorlik ufqlarini ochishiga ishonch bildirdi hamda O‘zbekiston xalqiga muvaffaqiyatli ish, samarali natijalar va yangi yutuqlar tiladi.






