1

“Abdulloh qaysidur amaldorni so`kkan emish! Yoxud uni urib ketgan VSF raqamli mashinada kimlar yurishini bilasiz...”

Jamiyat 08.11.2019, 10:40
Teglar: Abdulloh
“Abdulloh qaysidur amaldorni so`kkan emish! Yoxud uni urib ketgan VSF raqamli mashinada kimlar yurishini bilasiz...”

Ma`lumki ikki kundan beri Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani OAV, bloger va ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida bo`lmoqda. Sal avval aytganimizdek, #Adbullohqaerda? xeshtegi ham paydo bo`ldi? Biroq bu borada na OAVda va na uning oila a`zolarida aniq javob yo`qligiga qaramay biror bir mas`ul organ ushbu savolga hanuz javob bermayapti. 

Ushbu voqea ortidan bugun jamoatchilik davlat huquq-tartibot idoralaridan Abdulloh haqida ma`lumot taqdim etilishni so`ramoqda.Ayni paytda taxminlar ham bayon etilmoqda. Xususan, Alimoff nomi ostidagi blogerda ham.

“Andijonda Abdulloh ismli yigit yo`l transport xodisasidan keyin (VSF raqamli mashinani urib yuborgan, bunday raqamlar kimlarga tegishli ekanligini anjallilar juda yaxshi bilishadi)  IIB ga chaqirtirilgan va 10 kundan beri uni hechkim ko`rgani yo`q. Unga nisbatan qaysidur amaldorni internetda so`kkanlik aybi qo`yilmoqda emish va 15 sutkaga qamalgan emish. 

Masalani qiziq jihati shundaki, na sud qarorini, na uni qaerda o`tirganini xechkim bilmaydi.  Dunyoga keng ochilayotgan siyosat olib borayotganimizda bunday voqealarni ro`y berishi negativ ta`sir qilishi aniq. Oliy Majlis deputatlaridan, Senatorlardan, Andijon viloyati deputatlaridan Abdulloh qaerda degan so`rov kiritishlarini so`rab qolaman. Bizga Abdullohni ko`rsatinglar! Sud qarorini ham beringlar aybi isbotlangan bo`lsa, aybdor bo`lsa menimcha buni allaqachon qilar edinglar. Xozir 1937 yilmi? Yoki 2019?

Barcha OAVlar, blogerlar, jurnalistlar, xalq saylagan amaldorlarni birdamlikka chaqiraman. Shuxrataka Abduraxmonov! Charchamayapsizmi? Viloyatni egasi sifatida sizniyam og`zingizga qarab turibmiz. #AbdullohQaerda?”

Shuningdek, davletovuz ayni vaziyatdagi harakatni “siniq tizim” deya baholamoqda:

“Ijtimoiy tarmoqlarda, saytlarda andijonlik yigit Abdulloh Tohirovning to`satdan yo`qolib qolishi bilan bog`liq gap-so`zlar tinmayapti. 

Demokratiya, yangi O`zbekiston degan balandparvoz gaplar mana shunaqa oddiy, bir inson taqdiriga nisbatan qo`rqinchli jimjitliklar, shaffof bo`lmagan proseduralar oqibatida bir pulga aylanadi. Buni yo`q joydan muammo yaratish desa ham bo`ladi. 

Yopiq va shubhali xatti-harakatlar ehtimoliy aybdor insonni jabrdiydagi, zulm va zo`rlik qurboniga aylantiradi. Bu davlat sudi, qonuniylikni ta`minlashga mas`ul prokuraturasiga, ombudsmaniga ishonchning yo`qolishiga olib keladi. Yo`q narsani yo`qotishdan qo`rqishmasa ham kerak. Hali eski yaralar bitmasdan yangi yaralar paydo bo`layotgandek go`yo. 

Balki u bola katta jinoyat qilgandir. Qo`rqinchli jinoyat qilgandir. Lekin eng yomon jinoyatchida ham huquq bor. Bu qo`lga olinishidan tortib sudigacha shaffof va ochiq bo`lishini talab qiladi. Shuni ta`minlab bera olmaydigan tizim siniq yoki o`lik tizimdir. 

Bosh prokuratura odamlarning savoliga javob berishi kerak!”

Holbuki, davlat mas`ul organlari Abdulloh haqida asosli ma`lumot taqdim qilmas ekan, shubha-gumonlar jiddiy tus ola boshlashi aniq.

Ayni paytda darakchi.uz ham o`z izlanishlarini olib bormoqda. 

Sharhlar

Tezkor: Abdulloh topildi va u uyiga qaytyapti

09.11.2019, 01:01

Ijtimoiy tarmoqlarning so`nggi kunlardagi qahramoni, ikki haftadan buyon bedarak yo`qolgan Abdulloh Tohirov va nihoyat topildi.  U yo`qolganidan buyon birinchi marta bugun aloqaga chiqdi. Bu haqda...
“Qonunni oyoq osti qilmang!” Yoxud Abdulloh haqida “Adolat” partiyasining tahminlari bor

08.11.2019, 18:48

 Bugun Abdullohni qidirish harakati tobora avj oldi. Ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar, OAV va nihoyat partiyalardan has sado chiqa boshladi. Xususan, “Adolat” partiyasi “Qonun barcha uchun barobar,...
Abdulloh bo`yicha ilk rasmiy ma`lumot berildi, biroq...

08.11.2019, 11:56

So`nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog`liq xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Axborot xizmati xabar berdi.Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo`yicha bir necha...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1