AsosiyJamiyat
6003

Namanganda maktab formasida kelmagan qiz voqeasi kanday tus olgan edi?

'Namanganda maktab formasida kelmagan qiz voqeasi kanday tus olgan edi?'ning rasmi

Joriy yilning 1 noyabr kuni   ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab formasi!...” nomli  xabar berilgan va unga ko`ra o`quvchi maktab formasida kelmagani uchun direktor o`rinbosari o`kuvchini omma oldida izza qilganidan norozilik bildirilgan.

Mazkur holat Namangan shaxar xalq ta`limi bo`limi tomonidan o`rganildi

Ma`lum qilinishicha, voqea Namangan shahridagi 3-umumta`lim maktabi bilan bog`liq bo`lib, maktab direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Gulbahor Madrahimova tomonidan o`quvchi sinf xonasida o`quvchilar orasida izza qilinmagan, direktor o`rinbosari unga qattiq gapirmagan. 

O`quvchi bilan bir necha bor suhbatlashib, o`quvchi libosida kelishi tushuntirilishiga qaramasdan bunga rioya etmagan, o`quvchilar orasida emas, qizlar bilan davra suhbatida bu haqida aytib, ogohlantirilgan. 

O`rganish jarayonida maktab o`qituvchilari va o`quvchilari bilan suhbatlashilganda buni ular ham tasdiqladilar. Shundan ko`rinadiki, maqola muallifi Ilhomjon Xolmirzaev holatni bo`rttirib bayon etgan. O`rganish jarayonida xabar muallifi bilan ham suhbatlashildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar