AsosiyJinoyat

Toshkentda yuvishga berilgan “Lacetti” “moykachi” tomonidan olib qochildi

'Toshkentda yuvishga berilgan “Lacetti” “moykachi” tomonidan olib qochildi'ning rasmi

Toshkentda avtomashina yuvish shahobchasi ishchisi mijozning mashinasini olib qochdi. Bu haqida darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 7 noyabr kuni A.R. o`zining “Lacetti” rusumli avtomashinasini Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko`chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shahobchasiga olib keladi. Biroq mazkur shahobcha ishchisi 1971 yilda tug`ilgan X.X. mashinani yuvib egasiga qaytarish o`rniga, uni olib qochib ketgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan 2019 yil 8 noyabr kuni tuman IIO FMB tomonidan JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar