1

Marsda 12 yil avval yo`qolgan qurilma topildi

Hi-tech 17.01.2015, 12:27
Marsda 12 yil avval yo`qolgan qurilma topildi

NASA mutaxassislari HiRise kamerasi yordamida Marsda 2003 yil 25 dekabr kuni yo`qolib qolgan «Bigl-2» kosmik qurilmasini topdi, deya xabar bermoqda daryo.uz «Korrespondent.net»ga asoslnanib.

Avvalroq qizil sayyorada hayot belgilarini qidirish uchun jo`natilgan modul qo`nish chog`ida halokatga uchragani taxmin etilgan edi. Endi uning dastlab rejalashtirilgan maydondan olti kilometr nariroqqa muvaffaqiyatli qo`ngani ma`lum bo`ldi.

Biroq quyosh panellarini ochuvchi motorda nosozlik yuzaga kelib, ular ochilmay qolgan va radioantennalar ham ishlamagan. Shu tariqa, Er bilan aloqa yo`qolgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1