1

“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robbenning qo`lini timsoh tishlab oldi

Sport 17.01.2015, 17:14
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robbenning qo`lini timsoh tishlab oldi

“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Aren Robbenning qo`lini timsoh tishlab oldi. Bu haqida Bildga asoslanib, kun.uz xabar bermoqda.

Nashr bergan ma`lumotlarga ko`ra, voqea jamoaning Qatardagi mashg`ulotlari vaqtida yuz bergan. “To`pni basseyndan olayotganimda timsoh qo`limni tishlab oldi”, – dedi Robben.

Xabarlarga ko`ra, Robbenning bosh, o`rta hamda nomsiz barmoqlari shikastlangan. Bu o`yinchining mashg`ulotlarni davom ettirishiga halal bermaydi.

17-turdan so`ng “Bavariya” Germaniya chempionatida o`zining eng yaqin ta`qibchisini 11 ochkoga ortda qoldirgan holda etakchilik qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1