1

Poytaxtda eng baland "Chodra hovli" tiklandi

Madaniyat 13.11.2019, 23:00
Poytaxtda eng baland "Chodra hovli" tiklandi

O`zbekistonning sayyohlik bozori qiziqarli va ilg`or voqealarga boy bo`lib, "Ipak yo`lida turizm" xalqaro turizm ko`rgazmasi O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining sayyohlik sanoatidagi eng yorqin, eng yirik tadbirlaridan biridir. Mazkur ko`rgazma bugun 13-noyabr kuni o`z ishini boshladi va 15-noyabrgacha davom etadi.

Milliy pavilionda O`zbekistonning barcha hududlarining taqdimot stendlari va "Hunarmandlar shahri" ko`rgazmasi namoyish etilmoqda. Ular qatorida Xorazm viloyati turizm stendi ham qad rostlagan. 

Xorazm viloyati turizm stendi ko`rgazmadagi eng baland me`moriy dekorasiyalardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Sababi unda Xivadagi me`moriy yodgorlik Muhammad Aminxon madrasasi va 1871 yilda Muhammad Rahimxon tomonidan yozgi dam olish qarorgohi sifatida qurilgan betakror ko`rinishdagi "Chodra hovli" inshoatlarining dekorasiyalari gavdalantirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1