Qoraqalpog`iston tajribasi asosida chorva kooperasiyalarini tashkil etish zarurligi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida ta`kidlandi.
Ya`ni, imkoniyatdan kelib chiqib, 30 dan 100 boshgacha qoramoldan iborat oilaviy chorva fermalari tashkil qilinadi. Kooperasiya ushbu tuzilmalarni ozuqa-em, veterinariya xizmatlari va agrotexnika bilan ta`minlaydi.
Mazkur tajribaning afzalligi shundaki, oilaviy fermalar qaerdan em va texnika olish, mahsulotni kimga o`tkazish haqida bosh qotirmaydi. Bu ishlar bilan kooperasiya shug`ullanadi.
Yuqorida zikr etilgan tashkilotlar va hokimliklarga Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy, Buxoro viloyatlarida kamida ikkitadan shunday chorva kooperasiyalarini tashkil etish topshirig`i berildi.