Tojikiston shimolida terrorizm va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarga aloqador bo`lgan 540 kishi amnistiya asosida jinoiy jazodan ozod qilindi. Bunday ma`lumotni viloyat huquq-tartibot idoralari Muvofiqlashtiruvchi kengashining majlisida, 13 noyabr kuni Sug`d viloyati prokurori Habibullo Vohidov ma`lum qilgan.
“Amnistiya asosida ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarida ishtirok etgan 540 kishi jinoiy jazodan ozod qilingan. Jumladan, ularning 359 nafari faoliyati taqiqlangan uyushmalar faoliyatida qatnashganlikda ayblangan. Boshqa 181 kishining ishi tergov va surishtiruv bosqichida», – dedi viloyat prokurori.
Uning ta`kidlashicha, jinoiy ishlarning tahlili shuni ko`rsatdiki, terrorchilik va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlar uchun sudlanganlar qamoqxona devorida o`tirganlaridan keyin ham o`z faoliyatini davom ettirmoqda. Xususan, ular boshqa maxbuslarni taqiqlangan tashkilotlar safiga yollaydilar, ularning rahbarini tanlaydilar, sodiqlik qasamyodini qiladilar, shuningdek, tuzatish muassasasi xodimlarini o`ldiradilar.
Vohidovning so`zlariga ko`ra, Sug`d viloyatida 2010 yilda amnistiya to`g`risidagi qonun qabul qilingan. Bular nafaqat axloq tuzatish muassasalari va koloniyalar mahbuslari, balki gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar.
«Siz bilan bizning asosiy vazifamiz bu amnistiya qilingan odamlarni ish bilan ta`minlashdir, va milisiya xodimlari ularni nazorat qilishadi», – deya qo`shib qo`ydi Sug`d viloyati prokurori.