AsosiySiyosat

O`zbekiston siyosiy maydonida yangilik: O`zXDP "Milliy tiklanish"ni prokuraturaga berdi

'O`zbekiston siyosiy maydonida yangilik: O`zXDP "Milliy tiklanish"ni prokuraturaga berdi'ning rasmi

 

O`zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri O`zXDP “Milliy tiklanish” partiyasi ustidan prokuraturaga ariza berdi. Bu haqda O`zXDP rasmiy bayonotida aytildi:

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi rasmiy nashri “Milliy tiklanish” gazetasining 2019 yil 1 noyabrdagi 39-40 (1038)-soni 10-sahifasida “O`zXDP a`zosi Maqsuda Vorisovaning Rossiya kommunistlar partiyasi etakchisi Gennadiy Zyuganovga qanday “qarindosh”ligi bor”ligi haqida yasama suratli anons chop etilgan edi.

O`zXDP Markaziy Kengashi Maqsuda Vorisovaning sha`ni va qadr-qimmatini qonunchilikka muvofiq himoya qilishni so`rab, tegishli tartibda Yunusobod tuman prokuraturasiga murojaat yo`lladi.

Ma`lumki, "Milliy tiklanish" partiyasi markaziy apparati rahbar xodimlari ushbu partiya milliy qadriyat va an`analarni yuksak darajada qadrlashi va himoya qilishi haqida ko`p gapiradi. Partiyaning dasturiy hujjatlarida bu yo`nalishda qator g`oya va takliflar, shiorlar ilgari surib kelinadi.

Shunga qaramay, "Milliy tiklanish" partiyasi o`z g`oyalariga qarshi ravishda, xalqimiz yuksak darajada qadrlaydigan ayol, ona sha`nini pisand qilmayotgani bizda taassuf uyg`otadi”.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar