AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aeroportlar xususiylashtirilishi mumkin

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Bekenov Yaponiya fuqaro aviasiya...

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.Bekenov Yaponiya fuqaro aviasiyasi byurosi direktori o`rinbosari boshchiligidagi “Sumitomo korporeyshn” kompaniyasi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda Agentlik Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda dunyo tajribasida o`zini oqlagan usul sifatida aeroportlar faoliyatini samarali boshqarishda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlaridan oqilona foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportini konsessiya usulida boshqarish loyihasi bo`yicha takliflar taqdim etildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Farg`ona va Termiz aeroportlarida ushbu mexanizm asosida boshqarishga qiziqish borligi e`tirof etildi.

Jumladan, “O`zbekiston aeroportlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga yaponiyalik ekspertlarni jalb etish masalasi muhokama qilindi.

Xalqaro aeroportlar reytingida yuqori o`rinlarda turuvchi Yaponiyaning Narita, Fukoka, Senday, Kansay va Xokkaydo aeroportlari, ulardagi boshqaruv tizimi, foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida fikr mulohazalar bildirildi.

Boshqa yangiliklar