Ikki do`stning o`zaro janjali vaqtida pichoq bilan etkazilgan jarohat sabab ulardan biri vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
2019 yilning 13 noyabr kuni taxminan soat 02:00 da fuqaro 24-yoshli A.I. do`sti 19-yoshli X.G. bilan Andijon viloyati Asaka tumani Xonaqa mahallasi Qashqar ko`chasida o`zaro janjallashib, yonidagi pichoq bilan X.G.ning badaniga bir marotaba urib, unga tan jarohati etkazgan.
Fuqaro X.G. olgan tan jarohati oqibatida tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Tergov tezkor guruhi tomonidan hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida qon dog`lari va X.G.ning kiyimlari hamda bir dona pichoq hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yilning 13 noyabr kuni Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.I. prosessual tartibda ushlangan hamda holat yuzasidan gumon qilinuvchi tariqasida so`roq qilingan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
15.11.2019 10:30
Asakada ikki do`stning pichoqbozligi birining o`lim bilan yakunlandi
