AsosiyJamiyat
5135

Toshkentda “vafel chizma”laridan so`ng yana bir chizma sinovdan o`tkazilyapti

'Toshkentda “vafel chizma”laridan so`ng yana bir chizma sinovdan o`tkazilyapti'ning rasmi

 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, poytaxt yo`llaridagi tirbandliklarning olidini olish uchun sinov tariqasida yo`llarning muammoli hududlariga maxsus chizma yotqizilib, unga ko`ra harakat yo`lagida tirbandlik hosil bo`lsa, haydovchi chizma ustida harakatlanmasdan to`xtaydi va orqadagi avtomobillarni ham to`xtashga majbur qiladi.

Xalqaro tajribaga ko`ra ushbu chizmaning ikki xil turi bor. Ularning biri bilan haydovchilar o`tgan hafta tanishib, unga “vafel chizmasi” degan nom berishdi (tashqi ko`rinishi sababli). Endi ikkinchi turi ham qo`llanilmoqda. U Amir Temur va Osiyo ko`chalari kesishmasida (“Qozog`iston” kinoteatri) yotqizildi. Chizma chorraha chegarasini belgilaydigan ikki sariq rangdagi chiziqlarning kesishmalaridan iborat.

Qayd etish lozimki, ikki turdagi chizmaning talablari bir xil: yo`llardagi tirbandliklar bilan kurashish. Ushbu muammo chorrahalarda svetofor ishlamagan hollarda yaqqol ko`zga tashlanadi: hattoki YPX inspektori tomonidan harakat oqimi boshqarilib turganda ham ba`zi avtomobilchilar tegishli ishorani kutib turmasdan “o`tib ketmoqchi” bo`lishadi. Bu esa avtomobillarning tiqilib qolishiga va kesib o`tayotgan ko`chalaridan harakatlanishni boshlagan mashinalarni yo`li to`sib qo`yilishiga olib keladi. Natijada holat ushbu chorrahani kesib o`tmmoqchi bo`lgan barcha haydovchilar uchun muammoga aylanadi, uni hal qilish uchun esa qo`shimcha vaqt talab etiladi.

Bir nechta katta chorrahalarda sinov chizmalaridan tashqari o`ng tomonga buriluvchilar uchun “cho`ntaklar” tashkil etilib, chorrahalardagi holat yanada engillashadi. Ushbu imkoniyatlarni tashkil etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, hozirning o`zida ko`plab chorrahalarda chizmalar o`ng tomonga burilish uchun imkon qoldirilgan holda yotqizilmoqda.   

“Hurmatli haydovchilar! Chizmalarning ikki turi ham tirbandliklarga bilan kurashishga mo`ljallangan bo`lib, sizning xavfsizligingiz uchun tashkil etilmoqda. Barchangizdan bugunoq ularga amal qilishni boshlashni so`raymiz: boshqalarga ibrat bo`lish bilan birga tez orada yuzaga kelgan qulaylikning guvohi bo`lasiz”, — deyiladi xabarda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar