Bektemir Meliqo`ziev Oskar De La Hoyya rahbarlik qiladigan Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan qo`sh-promouterlik shartnomasi imzoladi! Bu haqda u o`zining Tvitterdagi sahifasida:
«Alhamdulillah! Ortimda juda kuchli jamoa turibdi «Mir boksa»dan keyin endi Golden Boy ham bor! Karate va ko`cha janglarida tarbiyalangan kam, ta`minlagan bir bolalikdan Osiyo chempionligi ikki kara Olimpiada o`yinlari va jahon chempionati sovrindori bo`lishdek yo`lni bosib o`tdim. Bu hali hammasi emas», deya yozib qoldirgan deydi Go Sport.

Shuningdek, promouterlik kompaniyasi rahbari, sobiq bokschi Oskar De La Hoyya Meliqo`ziev bilan tuzilgan shartnomadan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
«Biz «Mir boksa» (World of Boxing) bilan Bektemir Meliqo`zievning faoliyatini targ`ib qilishda hamkor bo`lganimizdan xursandmiz. Bu yigit — mutlaq vahshiy yirtqich. U kuchli, chidamli, oyoq va qo`l harakatlari ham juda tezkor. Ayniqsa bu o`zining vazn toifasida sezilarli darajada. Biz uning reytingda juda tez ko`tarilishini va 168 fut (76,2 kg)vazn toifasidagi barchaga ko`rsatib qo`yishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz», deya gapirib o`tgan De La Hoyya.
«Bektemir hali yosh, ammo shunga qaramay o`ta tajribali va havaskor boksda o`zining iqtidorini namoyish etishga muvaffaq bo`lgan. O`zi ham professional boksning eng yuqori cho`qqisiga chiqqan Oskar De La Xoyyadek funksioner bilan hamkorlik natijasida Bektemirning ham yuqori cho`qqilarni zabt etishiga ishonchim komil», degan «Mir boksa» rahbari Andrey Ryabinskiy.
«Bek — ringda haqiqiy bezori, ammo ringdan tashqarida juda yoqimli va quvnoq bola. Men Golden Boy bilan hamkorlikda u allaqachon erishib bo`lgan yulduzlikning eng yuqori cho`qqisiga chiqishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman», deya gapirgan Meliqo`zievning menejeri Vadim Kornilov.
Shuningdek, Bektemir Meliqo`zievning o`zi ham yangi shartnomadan so`ng o`z fikrlarini bildirib o`tgan.
«World of Boxing va Golden Boy bilan hamkorlikda uzoq va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga ko`zim etmoqda. Bunday professional jamoaga ega ekanim juda ham yoqimli. Men ularning ko`pchiligini bokschi sifatida o`tkazgan janglarini TV orqali ko`rardim va qachondir AQShda xuddi ulardek janglar o`tkazishni orzu qilardim. Endi bu imkoniyat menda bor va undan bor qobiliyatlarimni ishga solib foydalanaman. Chalg`ib qolmang, endi barcha janglarim o`tkazib yuborish mumkin bo`lmaydigan darajada ajoyib spektaklga aylanadi», degan Meliqo`ziev.
Eslatib o`tamiz, Bektemir Meliqo`ziev dekabr oyida o`zining ilk chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Unga fransiyalik sobiq jahon chempioni Hassan N‘Dam N‘Jikam (37-4, 21 KO) raqiblik qilishi kutilmoqda.






