1

O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi

Siyosat 16.11.2019, 13:58
O`zbekiston va Qirg`iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qilishdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 noyabr kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Sooronbay Jeenbekovni tug`ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyat tiladi.

Qirg`iziston Prezidenti mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo`shgan shaxsiy hissasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston-Qirg`iziston amaliy hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb jihatlarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1