1

O`zbekiston JCh-2018 saralash o`yinlarini 2-bosqichdan boshlaydi

Sport 19.01.2015, 17:02
O`zbekiston JCh-2018 saralash o`yinlarini 2-bosqichdan boshlaydi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi JCh-2018 1-saralash bosqichi qur`asi sanasini tasdiqladi. Unga ko`ra, ushbu saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi 10 fevral kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tadi.
Avvalroq Osiyo Futbol Konfederasiyasi JCh-2018 saralash bahslari mexanizmiga bir qator o`zgartirishlar kiritgani va unga ko`ra JCh-2018 va OK-2019 saralash bahslari birlashtirilgani haqida ma`lumot bergan edik.
OFK tasdiqlagan qarorga ko`ra, JCh-2018 Osiyo qit`asi saralash bahslari 1-bosqich o`yinlaridan boshlanadi. Ushbu bosqichga qur`a tashlash marosimi esa 10 fevral kuni bo`lib o`tadi. Mazkur saralash bosqichida OFK reytinining quyisidan joy olgan jami 12ta terma jamoa ikki o`yindan iborat pley-off bosqichida ishtirok etadi
Uy-safar tizimida o`tadigan mazkur bosqich o`yinlari 12 va 17 mart kunlari bo`lib o`tadi. Ushbu juftliklarda g`alaba qozongan 6ta jamoa esa navbatdagi bosqichga yo`l oladi.
Ta`kidlash joiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh-2018 saralashini 2-bosqichdan boshlaydi. Ushbu bosqichda 40ta jamoa har bir guruhda 5tadan 8 guruhga bo`lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu bosqichda ham har bir jamoa «uy-safar» tizimida bahslashadilar. Ya`ni har bir guruhda jamoalar jami 8tadan uchrashuv o`tkazadilar. Guruhdagi jamoalar soni toq bo`lgani uchun, har bir turda 2tadan uchrashuv o`tkaziladi va bir jamoa dam oladi.
OFK taqvimiga ko`ra, ushbu guruh o`yinlari 2015 yilning 11 iyunidan 2016 yilning 29 mart kunigacha bo`lib o`tadi. Tur o`yinlari bo`lib o`tadigan sanalar esa quyidagicha: 11 iyun (1-tur), 16 iyun (2-tur), 3 sentyabr (3-tur), 8 sentyabr (4-tur), 8 oktyabr (5-tur), 13 oktyabr (6-tur), 12 noyabr (7-tur), 17 noyabr (8-tur), 24 mart (9-tur) va 29 mart (10-tur).
Guruhda birinchi o`rinni qo`lga kiritgan 8ta jamoa va eng yaxshi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan yana to`rt jamoa Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga avtomatik ravishda yo`llanmani qo`lga kiritadilar va JCh-2018 final bosqichi yo`llanmasi uchun 3-saralash bosqichida kurashni davom ettiradilar. Eslatib o`tamiz, JCh-2018 saralashning so`nggi bosqichida avvlagilardek, 10ta jamoa emas, balki 12ta jamoa 6tadan ikki guruhga bo`lingan holda JCh-2018 final bosqichi uchun kurash olib boradilar. Ushbu guruhlarda dastlabki ikki o`rinni egallagan 4ta jamoa esa JCh-2018 final bosqichiga yo`l oladi.
Ikkinchi saralash bosqichda so`nggi o`rinni egallagan jamoalar esa OK-2019 final bosqichining qolgan 12ta yo`llanmasi 4tadan 6ta guruhga bo`lingan holda kurashni davom ettiradilar. Ushbu 6ta guruhda birinchi va ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan jamoalar OK-2019 final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadilar. Avval xabar berganimizdek, OK-2019 final bosqichida avvalgidek 16ta emas, 24ta jamoa ishtirok etishi tasdiqlangan.

Manba: www.the-uff.com   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1