AsosiySport

O`zbek bokschilari Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega bo`ldi

'O`zbek bokschilari Osiyo chempionatida 14 ta medalga ega bo`ldi'ning rasmi

Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo`yicha Osiyo chempionati o`z yakuniga etdi. 

Mazkur musobaqada O`zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo`lga kiritishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sayti xabar berdi.

Xususan, musobaqada g`olib va sovrindorlar qatoridan o`rin egallagan o`zbek bokschilari quyidagilar:

O`g`il bolalar:

Bronza medal

-52 kg: Mirzabek Mirzahalilov  
-60 kg: Rahmatillo Toshpo`latov 

Kumush medal

- 56 kg: Xurshid Rasuljonov
- 60 kg: Javlonbek Yo`ldoshev
- 69 kg: Nurislom Ismoilov
- 91 kg: Amirshoh Samadov

Oltin medal

- 75 kg: Suhrob Qayimov
- 81 kg: Shohjahon Abdullaev

Qizlar:

Bronza medal

-51 kg: Saydiniso Muhammadalieva
-54 kg: Nasiba Hayrullaeva
-60 kg: Ziyoda Yarasheva
-64 kg: Dilfuza Bekova
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva

Kumush medal

-75 kg: Navbahor Hamidova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar