1

XDP vakili: "Yangi maktablar qurish evaziga sinflardagi o`quvchilar sonini kamaytiramiz"

Siyosat 17.11.2019, 22:00
Teglar: debat, partiya, ta`lim, o`quvchilar soni
XDP vakili: "Yangi maktablar qurish evaziga sinflardagi o`quvchilar sonini kamaytiramiz"

O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi hamda qator telekanallar hamkorligida tashkil qilingan debatda O`zbekiston Ekologik partiyasi faoli XDP vakillariga maktablardagi sinflarda o`quvchilar soni ko`pligi, ayrim maktablarda hatto bir sinfda 35-40 dan ham ko`proq o`quvchilar ta`lim olayotgani haqida savol berdi. Bu muammo ta`lim sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatishini ta`kidladi. Ushbu masalaning echimini ta`minlash uchun partiya qanday chora-tadbirlar ko`rayotganini so`radi.

XDP vakilining javobi shunday bo`ldi: 

"Vazirlar Mahkamasining qarorida maktablarda har bir sinfning o`quvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilab qo`yilgan. Biroq bugungi kunda ayrim maktablarda 35-40 nafargacha bolalar o`qimoqda. Buning sababi shuki o`tgan 26 yil davomida respublikada yangi maktablar deyarli qurilmagan. Oxirgi 3 yilda aynan shu masalada parlament so`rovlari bo`layotgani sababli hududlarda qariyib 200 tagacha maktab qurildi. Har yili 300 ta maktab ta`mirlanayotgan bo`lsa joriy yilning o`zida 1200 ta maktab ta`mirdan chiqarildi".

Ammo agar xorijiy tajribadan kelib chiqadigan bo`lsak, fikrimizcha bitta sinfda bir o`qituvchi qamrab olishiga 35 nafar o`quvchi ham ko`plik qiladi. O`ylaymizki bu borada sinflardagi o`quvchilar sonini 25-30 taga tushirish haqida ham o`ylab ko`rish va qonunchilikka o`zgartish kiritilishini tam`minlash maqsadga muvofiq.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1