1

«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida MChJ tuzildi

Jamiyat 17.11.2019, 22:59
Teglar: aviasiya, DUK, MChJ
«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida MChJ tuzildi

«Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida «Uzbekistan Nelicopters» MChJ tuzildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasining fuqaro aviasiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5584-sonli Farmonida ko`rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta`minlash yuzasidan yagona ta`sischi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi buyrug`iga muvofiq «Maxsus aviasiya ishlari aviakompaniyasi» DUK «Uzbekistan Nelicopters» mas`uliyati cheklangan jamiyati etib qayta tuzildi.  Bu haqda DUK matbuot xizmati xabar berdi.

“O`zbekiston Respublikasi fuqaro aviasiyasi ekspluatantlarini sertifikatlash tartibi to`g`risagi Nizom” talablariga va “Uzbekistan Helicopters” MChJ buyurtmasiga asosan nomlari va mulkdorlik shakli o`zgargani munosabati bilan “O`zaviasiya” agentligi tomonidan ekspluatant sertifikati № 5–O “Uzbekistan Helicopters” MChJga qayta rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1