AsosiyJamiyat
3199

Yunusoboddagi omborxonada sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi

'Yunusoboddagi omborxonada sodir bo`lgan yong`in bartaraf etildi'ning rasmi

19 noyabr kuni soat 11:09da, Yunusobod tumani, I.Axmad ko`chasi, 14-uyda joylashgan, «Smart Stroy Building» va «Teplo Luks Biznes» MChJlarga qarashli omborxona 200 kv.m. maydonida yongan.

Yong`indan 1500 kv.m. maydonidagi qurilmalar saqlab qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:15da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 11:49da qurshab olinib, soat 12:01da o`chirilgan. 

Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`indan insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong`in joyiga 6 ta yong`in o`chirish texnikalari jalb qilingan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar