AnDTI rektori Madamin Madazimov boshchiligidagi institut delegasiyasi Rostok universitetining 600 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etish, mazkur nufuzli universitet bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
O`tkazilgan muzokaralar natijasida Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o`rtasida magistraturaning Tibbiy biotexnologiya mutaxassisligi bo`yicha qo`shma ta`lim dasturini ochish to`g`risida memorandum imzolandi.
Rostok universitetining 600 yillik yubileyi munosabati bilan ilmiy-amaliy marosimlar bilan birga ko`ngilochar tadbirlar ham o`tkazildi. Ommaviy bayramga aylanib kelgan ana shunday tadbirlardan bir – milliy taomlar tayyorlash marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti delegasiyasi tashabbusi bilan Germaniyada 15 kilogramm guruchga “anjancha” palov damlandi.
AnDTI delegasiyasi tashrif davomida Rostok universitetining Tibbiy bioinjinering instituti bilan yaqindan tanishdi, “CENTOGENE” kompaniyasi laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Bu erdagi inson genomini aniqlash va bioximik tahlillar o`tkazish borasidagi yuqori texnologik jarayonlar bilan tanishildi. Kelgusida ushbu kompaniya bilan hamkorlik ishlarini yo`lga qo`yish haqida kelishib olindi instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.