1

Yana bir futbolchimiz Eronga yo`l oldi

Sport 20.01.2015, 18:34
Yana bir futbolchimiz Eronga yo`l oldi

“Paxtakor” safidagi o`yinlari bilan ko`pchilikka tanilgan yarim himoyachi Oybek Qilichev Eron chempionatida o`ynaydigan bo`ldi, deya xabar bermoqda poytaxtliklar rasmiy sayti.

O`tgan mavsumda "Paxtakor" safida mamlakat chempioniga aylangan Qilichev kuni kecha Eron chempionati ishtirokchisi "Paykon" klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchiga Erondan taklif bildirilgani sababli ikki jamoa o`rtasidagi muzokaralardan keyin uning "Paykon"ga ko`chib o`tishi haqida qarorga kelindi.

Biz Qilichevga yangi jamoasida omad yor bo`lishini tilaymiz.

SPORTS.uz                                                           

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1