1

Krishtianu Ronaldu Irina Sheykga baxt tiladi

Sport 21.01.2015, 13:14
Krishtianu Ronaldu Irina Sheykga baxt tiladi

Rossiyalik model Irina Sheyk bilan aloqalarini uzgan Madridning «Real» klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu sobiq ma`shuqasiga baxt tiladi, deb xabar bermoqda daryo.uz «Rossiyskaya gazeta»ga asoslangan holda.

«Tanishganimizdan besh yil o`tib mening Irina Sheyk bilan munosabatlarim yakuniga etdi. Biz ushbu qadamni hozir qo`yish ikkalamiz uchun ham yaxshi degan qarorga keldik. Irinaga ulkan baxt tilayman», − dedi Ronaldu.

Eslatib o`tamiz, juftlikning ajrashgani haqidagi xabarlar Ronaldu «Oltin to`p»ni topshirish marosimiga Sheyksiz borgach tarqaldi. Turli ma`lumotlarga ko`ra, ajralish tashabbusi Ronladudan chiqqan. Portugaliyalik futbolchining Irinadan onasining 60 yillik yubileyiga bag`ishlangan kechaga borishdan bosh tortgani uchun jahli chiqqan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1