AsosiySport

Li Yong Pyo: «Menimcha, chorak finalda ham Qosimov Jeparovdan foydalanmaydi!»

Janubiy Koreya terma jamoasining sobiq himoyachisi, hozirda KBS telekanalida sharhlovchi bo`lib ishlayotgan Li Yong Pyo chorak final oldi fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

«O`zbekiston ishtirokidagi o`yinlarni ko`rgan bo`lsangiz, himoya va yarim himoya orasida deyarli bo`sh joy yo`qligiga amin bo`lasiz. Markaziy himoyachilar jismonan kuchli va bo`ydor. Saudiya Arabistoni bilan o`yinda ular havodagi janglarda ustun kelishdi. Himoya chizig`i juda mustahkam», - deydi sobiq koreys futbolchi.

«Ikki qanot yarim himoyachilari ham tezkor. O`zbek murabbiyi qanday qarorga kelishini bilmadimu himoyada unchalik nafi tegmaydigan Jeparovdan foydalanmasa kerak deb o`ylayapman. O`ng qanotda harakatlanadigan Rashidovda tezkorlik va dribling a`lo darajada. Chap qanotdagi Hasanovning chap oyoqda beradigan paslaridan himoyalana olish lozim. Chap qanot himoyasidagi Denisovdan ko`ra o`ng qanotdagi Muhammadievda hujumga ko`proq qo`shilishni kuzatyapmiz. Demak, Muhammadiev oldinga o`tgan vaziyatlarda paydo bo`ladigan bo`shliqdan unumli foydalanishimiz kerak. Ahmedov masalasiga kelsak, u himoyada ham, xujumda ham birdek havfli futbolchi hisoblanadi. Lekin Ahmedov xujumga qo`shilgan chog`larda himoyada uning o`rnini munosib to`ldira olishmayotganligiga guvoh bo`ldik. Ana shunday vaziyatlarda tezkor qarshi xujumlar bizning foydamizga ishlashi aniq».

Otabek Yo`ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

    Boshqa yangiliklar