AsosiyIqtisodiyot

10 oyda tijorat banklari jismoniy shaxslarga 5,9 trln. so`m ipoteka kreditlari ajratilgan

'10 oyda tijorat banklari jismoniy shaxslarga 5,9 trln. so`m ipoteka kreditlari ajratilgan'ning rasmi

2019 yilning 10 oyi davomida tijorat banklari tomonidan 41 ming nafar jismoniy shaxslarga 5,9 trln. so`m miqdorida (o`tgan yilning mos davriga (3,7 trln. so`m) nisbatan 37 foizga  ko`p o`sgan) ipoteka  kreditlari ajratilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.   

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori o`sish ko`rsatkichlari (1 178mlrd.so`m) Toshkent shahar, shuningdek, Toshkent viloyati, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Samarqand viloyatlari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Ajratilgan kreditlarning kamayish tendensiyasi esa Farg`ona Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida kuzatildi. 

Ajratilgan ipoteka kreditlarining 99,0 foizi (5 848 mlrd. so`m) birlamchi bozorga, 1,0 foizi (61,0mlrd. so`m) ikkilamchi bozorga yo`naltirilgan. 

Ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda yillik 7-16 foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi 82foizni, 17-20 foizlarda 14,1 foizni, 20 dan yuqori foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi esa 3,9 foizni tashkil qiladi.

Boshqa yangiliklar