1

Ronalduning diskvalifikasiyasi uzoq bo`lmasligi mumkin

Sport 26.01.2015, 08:52
Ronalduning diskvalifikasiyasi uzoq bo`lmasligi mumkin

«Kordoba»ga qarshi (2:1) uchrashuvda himoyachi Edmarning yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Real Madrid» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli diskvalifikasiyadan qutulib qolishi mumkin, deb xabar beradi«Stadion.uz».

Uchrashuvni boshqarib borgan Alexandro Xose Ernandes o`yin bayonnomasiga ushbu vaziyatni quyidagicha izohlagan: «83-daqiqada Ronaldu to`pga egalik qilmagan raqibga zarba berdi».

Marca nashrining taxminicha, hakam Ronalduning xatti-harakatini «tajovuzkor» sifatida baholamagani uchun futbolchining diskvalifikasiyasi uzoq muddatli bo`lmasligi mumkin.

Har qanday holatda ham Krishtianu kelasi turda bo`ladigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvni o`tkazib yuborishi aniq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1