AsosiyIqtisodiyot

Investorlarga yangi loyihalar haqida xabar beruvchi sayt ishga tushdi

'Investorlarga yangi loyihalar haqida xabar beruvchi sayt ishga tushdi'ning rasmi

O`zbekistonda investorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Viloyatlarda amalga oshiriadigan loyihalar haqida xabar beruvchi sayt ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Investisiyalarni jalb qilish agentligi. 

Agentlik tomonidan tashkil qilingan maxsus internet portalida  O`zbekistonning barcha viloyatlarida amalga oshirish mumkin bo`lgan biznes-loyihalar bo`lajak investorlar e`tiboriga havolda etiladi. Ularni ko`rib chiqqan investorlarda sarmoya tikishga qiziqish uyg`onsa Agentlik qo`shimcha ma`lumot va kerakli hujjatlar tayyorlashda ularga yordam berishi mumkin. 

Bugungi kunda ushbu sahifada O`zbekistonning ettita viloyatidan 101 dona investision takliflar joylashtirilgan. Takliflar Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridan kelib tushgan va yangi loyihalarda har bir viloyatning o`ziga xosligi e`tiborga olingan. 

Boshqa yangiliklar