AsosiyIqtisodiyot

Xorijdan O`zbekistonga tez va kamxarajatli pul o`tkazish tizimi ishga tushirildi

'Xorijdan O`zbekistonga tez va kamxarajatli pul o`tkazish tizimi ishga tushirildi'ning rasmi

Ipoteka bank Visa va Mastercard bilan hamkorlikda xorijdan O`zbekistonga 24 soat ichida etkazib beruvchi pul o`tkazish tizimini ishga tushirdi.

O`zbekistonda yana bir xalqaro pul o`tkazmalari tizimi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda “Ipoteka bank” matbuot xizmati.

Paysend nomli yangi tizim Ipoteka bank Visa va Mastercard xalqaro to`lov tizimlari hamkorligida ishga tushirilgan. Undan foydalanish uchun xalqaro bank kartasi va smartfon bo`lsa kifoya. Bankka borish va navbatga turishga hojat yo`q. Servis 24 soat ishlaydi va pul o`tkazmalari uchun kam miqdorda komissiya oladi.

Masalan, Rossiyadan pul o`tkazmalari uchun – 49 rubl, Qozog`istondan – 122 tenge, Evropadan – 1,5 evro, AQShdan – 2 dollar. Tizim to`lov summasidan qat`iy nazar ushbu to`lovdan ortiq haq olmaydi.

Mablag` o`zbekistonlik foydalanuvchining bank kartasi raqamiga 1 daqiqa ichida kelib tushadi. Xorijiy valyutada yuborilgan mablag`lar so`mga aylantiriladi.

Ayni damda ushbu tizim orqali O`zbekistondan xorjga pul o`tkazishning imkoni yo`q, faqat xorijdan O`zbekistonga o`tkazish mumkin.

Boshqa yangiliklar