1

Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi? Bu haqda ayrim bloger va OAVlar qonunchilikka zid ma`lumotlarni tarqatmoqda

Savol-javob 01.12.2019, 13:55
Teglar: Bosh vazir, saylov, nomzod
Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi? Bu haqda ayrim bloger va OAVlar qonunchilikka zid ma`lumotlarni tarqatmoqda

2019 yilda O`zbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylovlar bo`lib o`tadi.

Shunga ko`ra, hozirda Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda.

Lekin bu jarayonda ayrim bloger va OAVlar tomonidan qonunchilikka zid ma`lumot tarqatish, har xil asossiz so`rovlar o`tkazish holatlari uchramoqda.

Xususan, telegramdagi kanallarning birida ayrim mansabdor shaxslardan qaysi birining Bosh vazir bo`lishi mumkinligi haqida so`rov o`tkazilgan.

Bu kabi holatlar odamlar orasida turli mish-mishlar kelib chiqishiga va jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishga sabab bo`lishi mumkinligini inobatga olib, amaldagi qonunchilikda belgilab qo`yilgan Bosh vazirni tasdiqlash tartibi haqida ma`lumot berishni lozim deb topdik.

O`zbekiston Konstitusiyasiga asosan Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko`p deputatlik o`rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko`p deputatlik o`rinlarini qo`lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan Prezidentga ko`rib chiqish uchun taklif etiladi.

Bunda, Prezident taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko`rib chiqqanidan keyin uni Oliy Majlis palatalarining ko`rib chiqishi va tasdiqlashi uchun kiritadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolari umumiy sonining yarmidan ko`pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Ya`ni, Bosh vazirni tasdiqlash jarayoni aniq tartibga solingan bo`lib, unda nafaqat saylovlarda ko`p ovoz olgan partiyaning fikri, balki Prezident, senatorlar va boshqa deputatlarning fikri ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yuqoridagilarga ko`ra, ma`lumot tarqatilayotganda jamiyat va davlat oldidagi ma`suliyatni unutmaslikka chaqiramiz, deya axborot berdi Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1