1

Marg`ilon shahar hokimining sobiq o`rinbosari uyining erto`lasida osilgan holda topildi

Jamiyat 03.12.2019, 13:26
Marg`ilon shahar hokimining sobiq o`rinbosari uyining erto`lasida osilgan holda topildi

Farg`ona viloyatida sobiq amaldor o`zini o`zi osib o`ldirdi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Keltirilishicha, Farg`ona shahar IIB navbatchilik qismidan 2019 yil 30 noyabr kuni soat 11-00 larda kelib tushgan xabarga ko`ra, Farg`ona shahar, Iftixor m.f.y., Mustaqillik ko`chasi, 174-xonadonda yashagan, 1984 yilda tug`ilgan T.E. yashash xonadoni erto`lasida kabeldan sirtmoq yasab, o`zini o`zi osibvafot etgan.

Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan hozirda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

Ma`lumot uchun: T.E. 20.08.2018 yilda Marg`ilon shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha 1-o`rinbosari lavozimiga tayinlanib, 02.04.2019 yilda  o`z xoxshiga ko`ra egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1