Bemalol transportlarda yurishingiz mumkin, hech kim yo`l chiptangizni tekshirmaydi, biroq...
Avval xabar berganimizdek, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) va O`zbekist...
Avval xabarberganimizdek, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) va O`zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi rahbari Gulnora BOBOJONOVA hamkorligida tashkil qilingan Germaniyada - malaka oshirish safarida bo`ldik...
Germaniyada jamoat transportlari juda yaxshi rivojlangan. Avtobus va tramvaylar kichik ko`chalararo yuradi. Shuningdek, maxsus maktab transportlari ham bor.
Shaharda aholi juda zich, shu bois jamoat transportlarining harakatlanishi mukammal yo`lga qo`yilgan.
S-Bahn – tez yurar poezdlari tumanlararo harakatlanadi. Mashinada 15 daqiqada boriladigan manzilga, S-Bahn poezdida 2-3 daqiqada etib borasiz.
U-Bahn – erosti metro poezdlari ham bor.
Myunxenning markazidagi vokzalda 4 qavatli erosti tunellar bor:
Eng pastki, 4-qavatdagi poezdlar shaharning ichi bo`ylab harakatlanadi.
3-qavatdagi poezdlar shaharning turli taraflariga olib boradi.
2-qavatidagi poezdlar shahar tashqarisiga yuradi.
1-qavatdagi poezdlar esa Myunxen markazining turli tumanlariga boradi. Ta`kidlash joiz, 1-qavatda savdo do`konlari, restoranlar bor.
Bavariyada taksi xizmati juda qimmat. Yo`l haqi 100 evrogacha boradi. Shu bois taksi xizmatidan tub aholi emas, asosan sayyohlar foydalanadi. Mashina tirbandliklari ko`p bo`lgani bois shahar tashqarisiga taksida borishmaydi, S-Bahn va U-Bahn poezdlaridan foydalanishadi.
Bavariyada yo`l chiptalari arzon. Masalan, 1 kun foydalanish uchun 6 evroga chipta olasiz, u barcha transport vositalariga amal qiladi. Istalsa, 3 oylik, 1 yillik chipta olib qo`yilsa ham bo`ladi. Qancha ko`p muddatga chipta olsangiz, shuncha arzon bo`ladi. Ta`kidlash joiz, chiptani bir necha kishi – guruh bo`lib olsa ham bo`ladi, bunda chipta narxi yana-da arzon tushadi.
Eng muhim jihati shundaki, hech kim yo`l chiptangizni tekshirmaydi. Bavariya aholisi Lev Tolstoyning “Vijdon – inson hayotining odil rahnamosi” degan fikriga amal qilib yashaydi. Yo`lovchilarning yo`l chiptalari bor-yo`qligini ba`zida hokimiyat vakillari tekshiruvdan o`tkazadi.
Bordiyu kimdir chipta olmay transport vositasidan foydalanayotgan bo`lsa, 60 evro jarimaga tortiladi. Bu holat 3 bor takrorlansa, kattaroq jarimaga sabab bo`ladi. 7 marotaba qoida amal qilmagan yo`olvchiga esa jinoyat ishi ochiladi.
Samarqandda suv oqimining keskin oshishi natijasida temiryo‘l infratuzilmasiga zarar yetdi. Hodisa yuzasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ rasmiy izoh berdi.