1

Futbolchilar nega xalqdan pul so`radi? (video)

Sport 03.12.2019, 14:02
Futbolchilar nega xalqdan pul so`radi? (video)

 30-noyabrga belgilangan “Andijon”-“Qizilqum” futbol jamoalarining bellashuvi qalin tuman tushgani sabab 1-dekabr sanasiga qoldirilgan edi...

O`yni bo`lib o`tdi va unda Andijon jamoasi 1-0 hisobda g`olib bo`lishdi. O`yin yakuniga etgach esa o`yinchilar bir bo`lib “Pul qani?”  deya baqirishdi. Nega deysizmi? Hozircha, bu hamma uchun sirligicha qolmoqda. Ammo ba`zi tahminlarga qaraganda futbolchilarning ushbu murojaati Andijon viloyat hokimiga qaratilgan.  

Yodingizda bo`lsa, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov avgust oyida “Andijanki” klubi qizlari bilan  uchrashuvda viloyatning erkaklar jamoasiga har oyda millionlab pul berayotganini, futbolchilar esa buni oqlamayotganini  va ular quyyi o`rinlarda yurgani haqida aytgan edi.  

Xo`sh, ushbu vaziyatda kim haq? Hokimning ishonchini puchga chiqarayotgan futbolchilarmi? Unday bo`lsa, nega stadiondan turib xalqdan pul talab qilish kerak. Barcha savollarga havolada videoni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1