1

Qishloq xo`jaligi vazirining rafiqasi xayriya tadbirida ishtirok etdi

Jamiyat 03.12.2019, 15:47
Qishloq xo`jaligi vazirining rafiqasi xayriya tadbirida ishtirok etdi

O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida tadbir bo`lib o`tdi.

Tadbirning o`ziga xos jihati shundaki, xayriya tadbirida Qishloq xo`jaligi, Suv xo`jaligi kabi vazirliklar rahbarlarining turmush o`rtoqlari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Qo`mita taklifiga binoan Qishloq xo`jaligi vaziri rafiqasi Shirin Xodjaeva maktab-internatda bolajonlarning ta`lim olishlari, iqtidor va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ustozlar, tarbiyachilar va o`quvchilar bilan suhbatlashdi.

Ishtirokchilar tomonidan bolajonlarga sovg`alar topshirildi. Maktab o`quvchilari tomonidan mazkur tadbir uchun tayyorlangan badiiy chiqishlar olqishlar bilan kutib olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1