Kecha, 4 dekabr kuni soat 22:45da Yashnobod tumani Birlashgan 2-tor ko`chasi 10-uyning yashash xonalari va tom qismi 80 kv.m. maydonida yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi ma`lum qildi.
Yong`indan uyning 120 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 22:50da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 22:57da qurshab olinib, soat 23:22da o`chirilgan. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong`in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`inda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.
04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...01.02.2023, 09:52
Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...17.01.2023, 12:04
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...13.01.2023, 09:20
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...