1

Gonkongda marafonchi marraga 100 metr qolganda yiqilib vafot etdi

Sport 27.01.2015, 16:18
Gonkongda marafonchi marraga 100 metr qolganda yiqilib vafot etdi

Gonkongda bo`lib o`tgan marafon ishtirokchisiga marraga 100 metr qolganda yiqilishi oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda daryo.uz South China Morning Postga asoslangan holda.

24 yoshli In Chuk-Yue 25 yanvar kuni o`tkazilgan marafon musobaqasida qatnashgan va Viktoriya bog`idagi marra chizig`iga 100 metr masofa qolganda yiqilib, boshidan jarohat olgan. U darhol shifoxonaga yotqizilgan, biroq bir sutkadan keyin vafot etgan. Uning o`limiga aynan nima sabab bo`lgani hozircha ma`lum emas.

Shuningdek, marafon oqibatida jiddiy kasallangan yana bir kishi shifoxonaga yotqizilgan bo`lib, uning ahvoli jiddiy deyilmoqda. Qayd etilishicha, 2015 yilda marafonda yugurgan 65 mingdan ortiq kishidan 40 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Musobaqa vaqtidagi so`nggi o`lim 2012 yilda qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1