1

Iqtisodiyotda suniy monopoliyaga barham berish deputatning saylovoldi dasturidan o`rin oldi

Iqtisodiyot 06.12.2019, 15:17
Iqtisodiyotda suniy monopoliyaga barham berish deputatning saylovoldi dasturidan o`rin oldi

«Adolat har bir inson uchun» – O`zbekiston Adolat sosial-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga ko`rsatilgan nomzod Jasur Shukurov Sirojiddinov nomli akademik liseyda 
144- Do`mbirobod okrugi saylovchilari bilan uchrashdi. 

144-Do`mbirobod okrugi saylovchilari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda deputatlikka nomzodning ishonchli vakili Jasur Shukurovning tarjimai holi bilan saylovchilarni tanishtirdi.

Qayd etilganidek, nomzodning dasturidan mahalliy byudjetdan oqilona foydalanib Toshkent shahrining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlash, iqtisodiyotda suniy monopoliyaga barham berish, rasmiyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish, aholini ish bilan ta`minlash, yangi ish o`rinlarini yaratish, ishsizlikka qarshi kurashishga qaratilgan muhim masalalar o`rin olgan. 

Uchrashuvda deputatlikka nomzod Jasur Shukurov saylovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytardi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1