1

FIFA "Real" klubini tekshirayotganligini tasdiqladi

Sport 28.01.2015, 09:43
FIFA "Real" klubini tekshirayotganligini tasdiqladi

FIFA «Real» klubining voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnomalari borasida tekshiruv olib borayotganligini tasdiqladi, deya xabar beradi «Stadion.uz» Marca axborotiga tayanib.

«Ayni damda FIFA bu ishga xolis baho berish uchun barcha kerakli hujjatlarni yig`moqda», — dedi FIFA vakillaridan biri.

Avvalroq FIFA voyaga etmagan ikki venesuelalik — Manuel Godoy (2000 yilda tug`ilgan) va Fernando Masias (1999 yilda tug`ilgan) masalasini tekshirayotgani xabar berilgan edi. Ulardan birinchisi 2012 yil 12 yoshida «Real» bilan shartnoma imzolagan. Bundan tashqari, u «River Pleyt» va «Inter»da ham tibbiy ko`rikdan o`tishga rozilik bergan. 2013 yil madridliklar bu futbolchi bilan shartnoma klubga FIFA bilan muammolar keltirishini o`ylagan va Godoy bilan munosabatlarni uzgan.

Masias esa 2013 yil 14 yoshida «Real» bilan shartnoma imzolagan, u «venesuelalik Kun» laqabi bilan mashhur bo`lgan (Kun — Serxio Agueroning laqabi). «Real» u bilan ham munosabatni uzgan, ayni damda u «Rayo Valekano»da o`ynamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1