1

O`zbekiston havo yo`llarining samolyoti ertalab 8 dan buyon yo`lovchilari bilan ushlab turilgani aytilmoqda

Jamiyat 09.12.2019, 16:38
Teglar: samolyot, yo`lovchilar
O`zbekiston havo yo`llarining samolyoti ertalab 8 dan buyon yo`lovchilari bilan ushlab turilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston havo yo`llarining HY0095 aviareysi ertalab 8 dan beri yo`lovchilari bilan ushlab turgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bloger Otabek Bakirovning yozishicha, ayrim yo`lovchilar bir necha soatdan buyon samolyot ichida. Holsizlikdan xushidan ketganlar ham bor, uchta tez yordam mashinasi kelgan, deb yozadi Sof.uz.

Shuningdek, bort kuzatuvchilari samolyot bortini tark etganlarga aviachipta qiymati qoplanmasligini aytishmoqda. Norozilik bildirganlar vaziyatga izoh so`raganlari va jarayonni videoga olgani uchun milisiya naryadi chaqirildi, norozi ayollar huquqlarini talab etgani uchun alohida ayol milisiya xodimi ham etib keldi.

Samolyot bortida o`nlab xorijliklar ham borligi ham ta`kidlanmoqda. Bloger Otabek Bakirov uchish-uchmaslik borasida aniqlik bo`lmagach samolyotni bir necha yo`lovchilar bilan birga tark etgani va Milliy aviakompaniya vakillari uzr ham so`ramaganini yozgan.

Yana samolyotda chaqaloqli ayollar, bolalar, qariyalar ham borligi, ularga hech qursa, issiq choy, ovqat berilsa bo`lardi, deyiladi postda.

Shuningdek, yana bir jurnalist Shuhrat Shokirjonov Milliy aviakompaniyaning chiptalarni qaytarib, pulini qaytarib olish bo`yicha rasmiy saytdagi instruksiyalarni to`ldirganini, lekin dekabr oyi ham kelsa ham, hali pul qaytarib berilmaganini yozmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1