AsosiyJamiyat

Endi Toshkentda “tez yordam” shifokorlari ko`kragida videokamera bilan ishlaydi (video)

'Endi Toshkentda “tez yordam” shifokorlari ko`kragida videokamera bilan ishlaydi (video)'ning rasmi

Shu kunlarda tez tibbiy yordam ishini kompleks takomillashtirish doirasida koll-markazlarining dispetcherlarini o`qitish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Markazning 80 nafar xodimini o`qitish uchun kompyuter savodxonligini oshirish, psixologik mashqlar va boshqa yo`nalishlarda treninglar tashkil qilindi. 

Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish maqsadida 11,9 million dollarlik loyiha doirasida Ford rusumli 150 ta reanimobil mamlakatga etkazildi. Shundan 69 tasi Toshkentga ajratilgan. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan barcha brigadalar maxsus dasturli planshetlar bilan ta`minlanadi.

Bugungi kunda ikkita maxsus reanimobil videokameralar bilan jihozlangan bo`lib, ular favqulodda holatlarda tez tibbiy yordam stansiyasi katta shifokori bilan bog`lanish imkonini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar