Fuqaro Isaqov Qodirjon 2019 yilning 19-noyabr sanasida Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilib, Dang`ara tuman ichimlik suvi korxonasi tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan norozilik bildirdi. Uning murojaati Dang`ara tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi va ichimlik suvidan 345000 (uch yuz qirq besh ming) so`m haqdorligini aniqlashdi. Bu fuqaroga mas`ul xodimlar tomonidan amaliy yordam ko`rsatildi, deb xabar berdi Fererasiya mutaxassisi Raufjon To`ychiev.
Dang`ara tumani Chinobod qishlog`ida yashovchi Q.Isaqov ham Federasiyaning 1091 qisqa raqamli telefoniga murojaat qilganidan so`ng, uning murojaat Dang`ara tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Suvoqova” DUK tuman filiali mutaxassislari ishtirokida o`rganib chiqildi.
Ma`lum bo`lishicha, iste`molchi bank plastik kartochkasi orqali ichimlik suvi korxonasiga o`ziga taalluqli bo`lgan to`lovni amalga oshirgan. Ammo uning 16.03.2017 yildagi 74000 so`m, 09.02.2018 yildagi 100000 so`m va yana 117000 so`m, 10.02.2018 yildagi 54000 so`m, jami 345000 so`m to`lovlari abonent raqamiga tushirilmasdan qolib ketgan.
O`rganish ishlari jarayonida yuqoridagi mablag`lar iste`molchining shaxsiy hisob raqamiga tushirilib, uning ichimlik suvi to`lovlaridan 345000 so`m haqdorligi bo`yicha ma`lumotnoma olib berildi.