1

Krishtianu Ronaldu ikkita o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Sport 29.01.2015, 09:49
Krishtianu Ronaldu ikkita o`yinga diskvalifikasiya qilindi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ikkita o`yinga diskvalifikasiya qilindi, deb xabar beradi «Uff.uz».

Eslatib o`tamiz, madridliklar hujumchisi Ispaniya chempionati doirasida «Kordoba»ga qarshi kechgan uchrashuvning (2:1) 82-daqiqasida raqib futbolchisiga zarba bergan, ammo o`yin tugashi bilan raqibdan kechirim so`ragan edi.

Bu qo`polligi bois hujumchi ikkita o`yinga maydondan chetlatildi. Shu tariqa hujumchi «Real Sosedad» va «Sevilya»ga qarshi kechadigan uchrashuvlarni o`tkazib yuboradi, ammo «Atletiko»ga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1