1

Birodar Abduraimov: «Gol urmasdan g`alaba qozonib bo`lmaydi»

Sport 29.01.2015, 10:06
Birodar Abduraimov: «Gol urmasdan g`alaba qozonib bo`lmaydi»

O`zbekiston milliy terma jamoasi bundan to`rt yil muqaddam Qatarda o`tkazilgan Osiyo chempionatida kuchli to`rtlikdan joy olgandi. Afsuski, bu gal Avstraliyada hamyurtlarimiz uchun musobaqaning chorak final uchrashuvi so`nggi «bekat» bo`ldi...

Xo`sh, terma jamoamizning sov­rinli o`rinlar uchun kurashishiga nima xalal berdi? Nega xalqimiz va ko`psonli muxlislar ishonchi oqlanmadi?

Bu haqda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy Birodar Abduraimov fikr­lari bilan qiziqdik.

"Futbolda gol urmasdan g`alaba qozonib bo`lmaydi. Bunga Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o`tgan o`yinda ham guvoh bo`ldik. Umuman olganda, futbolchilarimiz qit`amizning kuchli terma jamoasiga qarshi o`yinda yomon taassurot qoldirmadi. Afsuski, yuzaga kelgan imkoniyatlar ko`kka sovurilgani achinarlidir.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov va uning yordamchilari kuchli raqibga qarshi tanlagan tarkibini tushuna olmadim. Bunday muhim uchrashuvda tajribali Temur Kopadzega ishonch bildirilgan ekan, nega Server Jeparovning zaxirada qoldirilganiga hayronman?! Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan o`yinda Jamshid Iskanderovning hali ancha tajribasizligini oddiy muxlis ham o`z ko`zi bilan ko`rgandi. Ammo murabbiylar shtabi bundan to`g`ri xulosa chiqarmasdan uchrashuvda mahoratli o`yinchiga zarurat paydo bo`lganida yana Iskanderovni maydonga tushirganini tushunib bo`lmaydi. Yoki yarim himoyachi Jasur Hasanovning muhim o`yin chog`ida zaxirada qoldirilishi ham yakunda terma jamoamiz uchun qimmatga tushdi, deb o`ylayman.

Afsuski, qulay vaziyatlarda terma jamoa uchun mahoratli ijrochilar etishmadi. Birinchi o`yinda KXDR darvozasiga gol urgan bo`lsa-da, hujumchi Igor Sergeevning hali bu kabi yirik musobaqa uchun ruhan tayyor emasligi bilinib qoldi...

Bir so`z bilan aytganda, O`zbekiston Osiyoda futboli jadal rivojlanib borayotgan mamlakatlardan sanaladi. Bu kabi musobaqalarda futbolchilarimiz allaqachon o`zini ko`rsatadigan fursat keldi. Muhim uchrashuvlarda esa oddiy xatolar ham qimmatga tushishi mumkinligini Osiyo chempionati yana bir bor tasdiqlab berdi", - deydi Birodar Hasanovich.

manba: stadion.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1