1

2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartiriladi

Iqtisodiyot 14.12.2019, 12:05
2020 yildan soliq turlari 13 tadan 9 tagacha qisqartiriladi

Oliy Majlisi Senatining 25-yalpi majlisida senatorlar ishni “O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunni ko`rib chiqishdan boshladi.

Ta`kidlanganidek, Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini yangi tahrirda qabul qilish nazarda tutilmoqda. Kodeks O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to`g`risida” 2018 yil 29 iyundagi Farmonini ijro etish uchun ishlab chiqildi.

Soliq kodeksida qo`shilgan qiymat solig`i (QQS), foyda solig`i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i, ijtimoiy soliq, aylanmadan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i, jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig`i, yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i, jismoniy shaxslardan olinadigan er solig`i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er qa`ridan foydalanishga oid soliqqa oid normalar, shuningdek, ularni hisoblash tartibi va ularni to`lash muddatlari belgilanmoqda va ochib berilmoqda.

Nazorat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish va soliq tekshiruvlari turlarini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Soliq kodeksiga kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra kelgusi yildan soliq turlari 13 dan 9 gacha qisqartirilmoqda. Xususan, yagona er solig`i, davlat boji, bojxona to`lovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo`yicha qat`iy belgilangan soliq turlari bekor qilinmoqda.

Soliq organlari tomonidan soliq to`lovchilarni 42 ta mezon asosida 3 segmentga, ya`ni, “vijdonli”, “shubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratgan holda ular bilan faoliyat tashkil etish yo`lga qo`yilmoqda.

Amalda bo`lgan soliq qarzini debitor qarzdorlik hisobidan undirish tartibidan voz kechilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1