1

Mirjalol Qosimov muxlislardan uzr so`radi

Sport 30.01.2015, 09:52
Mirjalol Qosimov muxlislardan uzr so`radi

Biz Avstraliyaga Osiyo  chempionati guruh bosqichidan  chorak finalga chiqish va sovrinli o`rinlarga da`vogarlik qilish maqsadida yo`l olgan edik. Xitoy bilan o`yinni hisobga olmagan holda yigitlarimiz raqiblariga munosib qarshilik ko`rsatishdi.

Ammo Osiyo chempioni Janubiy Koreya bilan uchrashuvda terma jamoamiz a`zolari taktik va jismoniy jihatdan raqiblaridan kam emasligini ko`rsatishsada, omad bizdan yuz o`girdi. Futbolchilarimiz ko`p hollarda vaziyatlardan unumli foydaplanisha olmadi. Buning uchun men muxlislardan uzr so`rayman, – dedi futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov. – Ammo jahon chempionatining  saralash uchrashuvlarida chiroyli  o`yin namoyish etib muxlislar  ishonchini qozonishga harakat  qilaman. Yigitlarning mahoratini oshirish uchun 27 mart kuni Janubiy Koreya bilan, 31 mart kuni Yaponiya bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazamiz.

Terma jamoaning murabbiy direktori  Asqar Tolibjonovning aytishicha, O`zbekiston Futbol Federasiyasining yig`ilishida yurtdoshlarimizning Osiyo chempionatidagi ishtiroki ko`rib chiqilgan. Mag`lubiyatga qaramay, terma jamoaga Mirjalol Qosimovning bundan keyin ham murabbiylikni davom ettirishiga kelishib olingan. Chunki jahon chempionatining saralash o`yinlari boshlanishi oldidan murabbiyning almashtirilishi jamoadagi muhitga va o`yinlarga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Biroq uning aytishicha, terma jamoa o`yinchilari tarkibiga o`zgartirishlar kiritiladi. Oliy ligada to`p surayotgan jamoalardan yosh va iqtidorli yigitlar saralanib, terma jamoaga safarbar etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1