1

«Moody’s» «O`zbekinvest» Milliy sug`urta kompaniyasi reytingini Ba3 darajasigacha oshirdi

Iqtisodiyot 15.12.2019, 16:10
Teglar: reyting, sug`urta
«Moody’s» «O`zbekinvest» Milliy sug`urta kompaniyasi reytingini Ba3 darajasigacha oshirdi

Joriy yilning 5 dekabrida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi (AQSh) «O`zbekinvest» kompaniyasi moliyaviy barqarorligini «Barqaror» prognozi bilan B1 dan Ba3 darajasigacha oshirganligini rasman e`lon qildi.

Natijada «O`zbekinvest» kompaniyasi O`zbekiston bank-moliya sohasida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan Ba3 moliyaviy barqarorlik reytingi taqdim etilgan birinchi kompaniya bo`ldi.

«Moody’s Investors Service»ning Nyu-York (AQSh) shahrida joylashgan shtab-kvartirasi tomonidan 2019 yilning 5 dekabrida chop etilgan rasmiy press-relizida ma`lum qilinishicha, «O`zbekinvest» sug`urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi «Barqaror» prognozi bilan Ba3 darajasigacha ko`tarilgan. Reyting kompaniyaning O`zbekiston milliy sug`urta bozoridagi kuchli pozisiyasi hamda uning sug`urta majburiyatlariga nisbatan yuqori kapitallashuviga egaligi bilan mustahkamlangan. Reytingning Ba3 darajasigacha ko`tarilishi kompaniyani boshqarishning kuchayganligini bildiradi.

«Moody’s» xalqaro reytingining Ba3 darajasigacha oshirilishi «O`zbekinvest» kompaniyasining yuqori darajadagi moliyaviy barqarorligini va moliyaviy qaltisliklar past darajada ekanligi to`g`risida dalolat beradi.

Shuningdek, bu ko`rsatkich kompaniyaga xalqaro sug`urta bozorlariga keng miqyosida kirishi va shuning evaziga O`zbekiston eksportyorlariga hamda O`zbekistonga investisiya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarga sug`urta himoyasi bilan qo`llab-qo`vvatlash uchun qo`shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Joriy yilning 11 oylik faoliyat yakunlariga ko`ra «O`zbekinvest» kompaniyasi milliy sug`urta bozorida etakchilik pozisiyasini mustahkamladi. Shu davr mobaynida 272 milliard so`m sug`urta mukofoti yig`ilgan bo`lib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish 176% ni tashkil etdi, shundan 230 milliard so`m (o`sish 175%) korporativ mijozlar, 42 milliard so`m esa (o`sish 2,1 marta) jismoniy shaxslar hissasiga to`g`ri kelgan. Shu bilan birga kompaniyaning mijozlar bazasi 151% ga o`sdi va 509,2 ming yuridik va jismoniy shaxslarni tashkil etdi.

Milliy tovar va xizmatlar eksportyorlariga 866,0 million AQSh dollari hajmida sug`urta himoyasi taqdim etilgan bo`lib, 2018 yil davomida esa bu ko`rsatkich 9 million AQSh dollarini tashkil etgan etdi.

Kompaniyaning investisiya portfeli 2018 yilning shu davriga nisbatan 115% ga o`sgan va 891 milliard so`mni tashkil etgan bo`lib, bundan 324 milliard so`m tijorat banklariga depozit mablag`lari ko`rinishida joylashtirilgan, 549 milliard so`mi esa yirik tijorat tuzilmalariga sarmoya shaklida kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1