1

«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunga o`zgartishlar kiritildi

Iqtisodiyot 15.12.2019, 16:51
Teglar: bankrotlik, qonun
«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunga o`zgartishlar kiritildi

«Bankrotlik to`g`risida»gi qonunga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Qonun bilan kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, bankrotlik to`g`risidagi ishni qo`zg`atish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga to`lov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qo`llashni ko`rsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.

Kreditorlar yig`ilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga bo`lish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.

Qonunga ko`ra, bankrotlik to`g`risidagi ishni ko`rish muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).

Shu bilan birga, endilikda sud sanasiyasi ko`pi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan ko`pi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tibordan kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1