1

Meva-sabzavot klasterlarini tashkil etishda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi

Iqtisodiyot 15.12.2019, 18:11
Meva-sabzavot klasterlarini tashkil etishda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi

Toshkent viloyatining  Qibray tumanida Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish, sohada qo`shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda hududlarda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish sohasida 2019 yil dekabr – 2020 yil mart oylarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bag`ishlangan seminar-yig`ilish bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, seminarda meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi erlarni o`zlashtirish, paxta, g`alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo`jaligi ekinlari ekishni ko`paytirish, shuningdek, bog`, tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yishga doir masalalar muhokama etildi.

Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev meva-sabzavotchilikni rivojlantirish bo`yicha Ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda viloyatlarda bu borada qayta ishlash, eksportyor korxonalarning muammolarni o`rganish, bartaraf etish choralarini ko`rish kabi bir qator masalalarda seminarlar, turli uchrashuvlar tashkil etilishi, sohada ishni tizimli yo`lga qo`yish, ayniqsa meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirishda samarali bozor mexanizmlarini joriy etish, tarmoqning mavjud imkoniyatlaridan to`liq foydalish,klaster va kooperasiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlarini tashkil etish orqali aholi daromadlarini oshirish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirishga erishilishini ta`kidladi. 

Qayd etilganidek, bugungi kunda respublikamizda 80 turdan ortiq qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirilib, dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Mamlakatimizda har yili 21 million tonnadan ortiq meva-sabzavot etishtiriladi. Biroq, ularning bor-yo`g`i 1,5 million tonnasi eksport qilinadi. Mahsulotni saralash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo`yicha 31 ta agrologistika markazi tashkil etilgan. Lekin aylanma mablag`lar etishmasligi va doimiy mahsulot yo`qligi oqibatida ularning aksariyati mavsumiy ishlab, mavjud quvvatlardan bor-yo`g`i 10-15 foiz foydalanmoqda. 

Tarmoqda mahsulot etishtirishdan tortib, qayta ishlash va eksportga yo`naltirishgacha bo`lgan jarayonlar muammolardan xoli emas. Bu borada muayyan ishlar amalga oshirilyapti. Xususan, mamlakatimiz bo`yicha jami 41 ta meva-sabzavotchilik yo`nalishidagi qishloq xo`jaligi birlashmalari tashkil etildi. Kelgusi yilda 31 ta, 2021 yilda esa 100 ta qishloq xo`jaligi birlashmalari tashkil etilishi choralari ko`rilmoqda.

Seminarda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda joylarda klaster tashabbuskorlari uchun qisqa muddatli o`quv kurslari tashkil qilish, eksportbop mahsulotlar etishtirish va hosildorlikni oshirish bo`yicha amaliy seminarlar o`tkazilishi ma`lum qilindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1