AsosiyJamiyat

Rossiyadan kelayotgan o`zbeklar Qozog`istonda YTHga uchradi, ulardan biri halok bo`lgan

'Rossiyadan kelayotgan o`zbeklar Qozog`istonda YTHga uchradi, ulardan biri halok bo`lgan'ning rasmi

O`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab vafot etdi. Bu haqda TIV ma`lum qildi

Mamlakatimizning Qozog`istondagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 atrofida, Qarag`anda viloyatidagi «Qarag`anda-Balxash» avtomol yo`lida qarama-qarshi to`qnashuv natijasida O`zbekiston fuqarosi I.Y. halok bo`ldi, A.Y., V.K. va H.A. jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Ularning barchasi Qozog`iston hududiga Rossiyadan kirishgan.

Ushbu fakt bo`yicha Qarag`anda viloyati yo`l polisiyasi tergov olib bormoqda.

Elchixonaning Konsullik bo`limi vaziyatni nazoratga olgan va Qarag`anda viloyatining tergov organlari va tibbiy muassasalari bilan aloqada bo`lib turibti.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etadi va Qozog`istonning Nur-Sulton shahri, Aqmola, Shimoliy Qozog`iston, Pavlodar, Qo`stanay va Qarag`anda viloyatlarida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda O`zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga: +7-717-295-42-52 raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar