1

Server Jeparov “Ulsan Xyunday” klubiga o`tdi

Sport 30.01.2015, 13:57
Server Jeparov “Ulsan Xyunday” klubiga o`tdi

O`zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov K-ligadagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda olamsport.com nashri sports.media.daum.net nashri ma`lumotlariga tayanib xabar beradi.

O`tgan mavsum “Seongnam” klubida o`ynagan hamyurtimiz Janubiy Koreyaning “Ulsan Xyunday” klubiga ko`chib o`tdi.

“Men o`ynagan har bir klubimda sovrinlarga ega chiqqanman. “Ulsan” safida ham sovrin yutishga harakat qilaman. Agar futbolchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solishsa, ularni to`xtatib qolishning iloji yo`q”, - deydi Jeparov.

“Ulsan Xyunday” 1983 yilda tashkil topgan. Ikki karra K-Liga chempioni (1996 va 2005 yil) hisoblanadi. 2012 yil Osiyo Chempionlar ligasi g`olibiga aylangan. Jamoa o`tgan mavsum K-ligada 6-o`rinni band etgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1